


Bilim, tarbiya va kelajak bir joyda
Turkiston maktabi — milliy qadriyatlar va xalqaro ta’lim standartlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy ta’lim muassasasi. Biz har bir o‘quvchining individual iqtidorini kashf etish, intellektual va axloqiy kamolotini ta’minlashni maqsad qilganmiz.
Maktabimiz missiyasi - sharqona qadriyatlarimiz va zamonaviy ta’lim standartlarini uyg‘unlashtirgan holatda, o‘quvchining moddiy holatidan qat’iy nazar ilm olishini ta’minlashdir!
Akkreditatsiya
Davlat tomonidan litsenziyalangan
Xavfsiz muhit
Turniket va TurkistanApp nazorat
Xalqaro olimpiadalar
Ichki va xalqaro olimpiadalarda qatnashish
Xorijiy tillar
Ingliz, Arab, Rus tillari
Nima uchun Turkiston Maktabi?
Biz farzandingizning ta'limi, xavfsizligi va rivojlanishiga kompleks yondashamiz
Xavfsizlik nazorati
Farzandingiz maktabga kelgani yoki ketgani haqida xavotirlanishga o'rin yo'q. FaceID tizimi va TurkistanApp ilovasi farzandingizning xavfsizligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.
3 mahal halol issiq taom
Diyetolog nazoratida tayyorlangan muvozanatli menyu. Barcha mahsulotlar sertifikatlangan va halol. Bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur kaloriya va vitaminlar ta’minlanadi.
Psixolog va Logoped
Har bir o'quvchi uchun psixologik qo'llab-quvvatlash va nutq terapiyasi xizmatlari mavjud. Mutaxassislar bolaning emotsional salomatligi va to'g'ri nutq rivojlanishini kuzatib boradi.
Har sinfda 24 nafar
Kichik sinf hajmi o'qituvchiga har bir o'quvchiga alohida e'tibor berishga imkon yaratadi. Bu ta'lim sifatini oshiradi va bolaning rivojlanishini tezlashtiradi.
Yilda 2 bor bepul ekskursiya
Quruq nazariyadan iborat an'anaviy tizimdan voz kechamiz. O'quvchilarimiz darsdan tashqari tarix, madaniyat va fan bilan bog'liq maxsus ekskursiyalar orqali bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar.
Tajribali pedagoglar
O‘rtacha 12 yillikkacha tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar va xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar bolalarga ta’lim va tarbiya berishadi.