Turkiston maktabi ← Bosh sahifa
Grant imtihoni: 2–10-sinf o'quvchilari uchun oylik to'lovning 50% gacha grant

2–10-sinf o'quvchilari uchun Grant imtihoni: oylik to'lovning 50% gacha grant

Turkiston xususiy maktabi 2026-yil 4-noyabr kuni 2–10-sinf o'quvchilari uchun grant imtihoni o'tkazadi. G'oliblar 10-noyabrdan (2-chorak) maktabda oylik to'lovning 10–50% ini qoplovchi grant bilan o'qiydi. Imtihonda qatnashish bepul.

Ro'yxatdan o'tish: @turkistongrantibot Nizomni yuklab olish (PDF)
4-noyabr, 09:00Imtihon kuni, chorshanba
3-noyabrgachaRo'yxatdan o'tish
3 fan, 50 savolMatematika, ingliz tili, mantiq
BepulO'zbek va rus tillarida

Maqsad — salohiyatli o'quvchilarni aniqlash va ularga Turkistonda o'qish imkonini yaratish.

Kimlar qatnasha oladi?

Boshqa maktablarning (davlat va xususiy) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 10-sinf o'quvchilari. Hozir Turkiston maktabida o'qiyotgan o'quvchilar ro'yxatga olinmaydi.

Ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatga olish faqat maktabning rasmiy Telegram boti — @turkistongrantibot orqali, 3-noyabrgacha davom etadi. Botda ota-ona quyidagilarni kiritadi:

  1. Ota-onaning ismi va telefon raqami
  2. O'quvchining ismi va familiyasi
  3. Hozirgi sinfi (2–10)
  4. Ta'lim tili: o'zbek yoki rus (imtihon shu tilda topshiriladi)
  5. Hozirgi maktabi va tumani
  6. Farzandi hozir Turkistonda o'qiydimi
  7. Natijaga ko'ra 2-chorakdan o'tishni ko'rib chiqadimi
  8. Maktab haqida qayerdan eshitgani

Ro'yxatdan o'tganlarga imtihon vaqti va manzili bot orqali yuboriladi. Imtihonga o'quvchi ro'yxatdan o'tganini tasdiqlovchi xabar bilan keladi.

Imtihon qanday o'tadi?

Imtihon qanday o'tadi

Imtihon 2026-yil 4-noyabr (chorshanba), soat 09:00 da, kuzgi ta'til davrida, Turkiston maktabi binosida (Sergeli 5-mavze, 24b-uy) o'tadi.

Har bir o'quvchi 50 ta test savoliga javob beradi. Har bir to'g'ri javob — 2 ball, maksimal ball — 100.

FanSavollar soniBall
Matematika2040
Ingliz tili2040
Mantiq1020
Jami50100

Har bir sinf uchun alohida test. Savollar o'quvchi tugatgan oldingi sinflar materialidan olinadi, asosiy urg'u oxirgi tugatilgan sinf materialiga beriladi (masalan, 3-sinf uchun ko'proq 2-sinf dasturi).

Imtihon topshiruvchi sinfSavollar qaysi material asosida
2-sinf1-sinf
3-sinf1–2-sinf
4-sinf1–3-sinf
5-sinf1–4-sinf
6-sinf1–5-sinf
7-sinf1–6-sinf
8-sinf1–7-sinf
9-sinf1–8-sinf
10-sinf1–9-sinf

Matematika va mantiq savollari o'quvchining ta'lim tilida (o'zbek yoki rus) beriladi. Imtihonga telefon, kalkulyator va boshqa yordamchi vositalar olib kirilmaydi.

Baholash

Maksimal ball 100. Har bir to'g'ri javob 2 ball. Natijalar har bir sinf va ta'lim tili bo'yicha alohida reyting qilinadi.

Teng ball bo'lganda: agar teng ball to'plagan o'quvchilar grant o'rni yoki grant darajasini talashsa, ular o'rtasida matematikadan yozma ish o'tkaziladi. Yozma ish vaqti talabga qarab e'lon qilinadi. Yozma ishda yuqori natija ko'rsatgan o'quvchi reytingda yuqori turadi.

Grant darajalari va o'rinlar

Ballga qarab grant darajalari

Grant miqdori ikki shartga bog'liq: o'quvchining bali hamda uning sinfi va ta'lim tilida ajratilgan grant o'rinlari soni. To'liq oylik to'lov — 4 400 000 so'm.

BallGrantOylik to'lov (so'm)
95–10050%2 200 000
90–9440%2 640 000
85–8930%3 080 000
80–8420%3 520 000
75–7910%3 960 000
75 dan kamGrant yo'q4 400 000 (oddiy qabul)

O'rinlar chegarasi. Agar bir sinfda biror daraja uchun o'rinlardan ko'p o'quvchi ball to'plasa, reytingda yuqori turganlar shu darajani oladi, qolganlar bir pog'ona past grantga o'tadi. Grant oluvchilar soni sinfdagi bo'sh o'rinlardan oshmaydi.

Kutish ro'yxati. Grant oluvchi belgilangan muddatda shartnoma tuzmasa, grant shu sinf va tildagi reytingda navbatdagi o'quvchiga beriladi.

Muhim sanalar

Muhim sanalar
SanaBosqich
3-noyabrgachaRo'yxatdan o'tish
4-noyabr, chorshanba, 09:00Imtihon
5-noyabr, payshanbaTekshirish va reyting; teng ball to'plaganlarga yozma ish haqida xabar
6-noyabr, jumaTeng ballilar uchun matematikadan yozma ish (kerak bo'lsa)
6-noyabr, juma, soat 18:00 gachaNatijalar Telegram bot orqali har bir ota-onaga yuboriladi
7-noyabr, shanbaApellyatsiya qabul qilinadi
7, 8, 9-noyabr (shanba–dushanba)Grant uchun shartnoma tuzish (maktab uch kun ham ochiq)
10-noyabr, seshanbaShartnoma tuzmaganlarning granti bekor qilinadi va kutish ro'yxatiga o'tadi; grant oluvchilar darsga keladi

Natijalar, apellyatsiya va shartnoma

Shartnoma muddati. Grant uchun shartnoma faqat 7, 8 va 9-noyabr kunlari tuziladi. 10-noyabrgacha shartnoma tuzilmasa, grant bekor qilinadi va kutish ro'yxatidagi navbatdagi o'quvchiga beriladi.

Apellyatsiya. Ota-ona bot yoki maktab qabulxonasi orqali yozma ariza beradi. Komissiya o'quvchining javob varag'ini qayta tekshiradi va natijani shu kuni ma'lum qiladi. Komissiya qarori yakuniy hisoblanadi.

Grant shartlari

Ro'yxatdan o'tish va bog'lanish

Ro'yxatdan o'tish: @turkistongrantibot (3-noyabrgacha)
Manzil: Toshkent sh., Sergeli tumani, Sergeli 5-mavze, 24b-uy
Telefon: 87 444 27 00

Ro'yxatdan o'tish Nizom (PDF)